О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institut huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida о‘tkazilgan onlayn vebinar darslar xronologiyasi

  • 2020 yil 25 may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi tarmoq markazida masofaviy malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ZOOM ilovasi orqali videodars tashkil etildi.

Videodars tarmoq markazi katta о‘qituvchisi Savochkin  Maksim Petrovich tomonidan olib borildi. Mazkur dars “Pedagogik dasturiy vositalar (AutoPlayMedia Studio, CourseLab, iSpring Suite, Hot Potatoes) dan foydalanib multimediali о‘quv kurslarini yaratish” mavzusida bо‘lib, unda “Cholg‘u ijrochiligi”, “Bastakorlik san’ati”, “Rangtasvir” va “Amaliy san’at” yо‘nalishlari tinglovchilari faol ishtirok etishdi.

 

  • О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida 5 iyun kuni  soat 14:00 da  Tarmoq markazining “San’atshunoslik” yо‘nalishi  tinglovchilari uchun markaz dotsenti, p.f.n. Rо‘zmetova Hilola “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” modulidan “Ta’lim sifatini oshirishda о‘qituvchining innovatsion faoliyati” va “Bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura ixtisoslari bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlashning zamonaviy metodlari” mavzusida vebinar dars tashkil etildi.  Mazkur vebinarda markazning 20 nafar tinglovchilari ishtirok etib, о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

  • О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida 2 iyun kuni  soat 11:00 da  Tarmoq markazining “San’atshunoslik” yо‘nalishi  tinglovchilari uchun markaz direktori, t.f.n., dotsent  Turabek Fayziyevning  “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari” modulidan “Oliy ta’limning meyeriy huquqiy hujjatlarni sifatida qonun hujjatlari” va “Oliy ta’limning meyeriy huquqiy hujjatlari sifatida qonunosti hujjatlari” mavzusida vebinar dars tashkil etildi.  Mazkur vebinarda markazning 12 nafar tinglovchilari ishtirok etib, о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

 

  • 8 iyun kuni О‘zDSMI xuzuridagi tarmoq markazi tinglovchilari uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi professori Yuldashev tomonidan “Ta’lim jarayonini boshqarishda tizimli tahlil va qaror qabul qilishning zamonaviy texnologiyalari” modulidan “Tizim, tizimli tahlil va tizimli yondashuvning mazmun-mohiyati.”mavzusida; shuningdek 10 iyun kuni  “Qaror qabul qilishning mazmun-mohiyati, tamoyillari va unga nisbatan bо‘lgan yondashuvlar” mavzusida;

  • 9 iyun kuni О‘zDSMI xuzuridagi tarmoq markazi tinglovchilari uchun О‘zDSMI katta о‘qituvchisi Savochkin Maksim Petrovich tomonidan “Elektron pedagogika asoslari va pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini takomillashtirish” modulidan “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta’lim jarayonida qо‘llashning didaktik imkoniyatlari” mavzusida va 11 iyun kuni “Pedagogik dasturiy vositalar (AutoPlayMedia Studio, CourseLab, iSpring Suite, Hot Potatoes) dan foydalanib multimediali о‘quv kurslarini yaratish” mavzusida  vebinar mashg‘ulot о‘tkazildi.

 

  • 2020 yil 11 iyun kuni о‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti  huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “san’atshunoslik” yо‘nalishi tinglovchilariga  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti, “Informatika va menejment” kafedrasi professor о‘qituvchilari Umida Zunnunova (tarmoq markazi о‘qituvchisi), Sayyora Zakirova, hamda Ruminiyaning Konstanta «Ovidius» Universiteti, San’at fakulteti professorlari Lelia Rus Pirvana va Sinziana Romanescu lar bilan hamkorlikda “Zamonaviy art universitetlar: san’at sohasi fanlarini о‘qitishning ilg‘or tajribalari” mavzusida vebinar о‘tkazildi.

  • 12 iyun kuni О‘zDSMI xuzuridagi tarmoq markazi tinglovchilari uchun О‘zDSMI «San’atshunoslik» kafedrasi professori, s.f.d. Tojiboyeva Oltinoy Qosimovna tomonidan “San’atshunoslikning dolzarb masalalari” modulidan “San’atshunoslik fanining nazariy va amaliy asoslari” mavzusida vebinar mashg‘ulot о‘tkazildi.

  • 13 iyun kuni О‘zDSMI xuzuridagi tarmoq markazi tinglovchilari uchun Tarmoq markazi direktori t.f.n. dotsent Fayziyev Turabek Raufovich tomonidan “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari” modulidan “Ta’lim jarayonini tashkil etishda normativ-huquqiy hujjatlarni qо‘llash amaliyoti” mavzusida vebinar mashg‘ulot о‘tkazildi.

  • 9 iyun kuni О‘zDSMI xuzuridagi tarmoq markazi iyun-iyul oyi tinglovchilari uchun Tarmoq markazi direktori t.f.n. dotsent Fayziyev Turabek Raufovich va bо‘lim boshlig‘i Utepova Turdixan Baltabayevna tomonidan onlayn tarzda “kirish darsi” о‘tkazildi. Tinglovchilar malaka oshirish va  qayta tayyorlash jarayonlariga bog‘liq bо‘lgan barcha ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Dars oxirida tinglovchilar о‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.