dsmimarkaz; dsmimarkaz.uz

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 iyundagi “О‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bо‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi F-5480-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Yо‘l xaritasi”dagi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-19 oktabr kunlari BAAning ta’lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etildi. Ushbu seminar 3  guruhda tashkil etildi. Bular:

1-guruh. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish.

2-guruh. Oliy ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash.

3-guruh. Oliy ta’limda innovatsion va tadbirkorlikka yо‘naltirilgan о‘quv dasturlarini joriy etish.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ishtirokchilaridan biri  “Oliy ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash” guruhida ishtirokchi sifatida ishtirok etdi. Seminarni Akademik akkreditatsiya bо‘yicha komissiya a’zolari professor Emad Abuelrab va professor Rays Rovland Jonslar olib bordilar.

CAA – Akademik akkreditatsiya bо‘yicha komissiya bо‘lib (Commission for Academic Accreditation) BAA hukumatining xususiy universitetlar va ularning Birlashgan Arab Amirliklarida akademik dasturlari uchun ilmiy darajadagi akkreditatsiya tashkilotidir. Ushbu tashkilot 1999 yilda tashkil etilgan bо‘lib, BAA poytaxti Abu-Dabida joylashgan va Ta’lim vazirligining bо‘limidir. CAA oliy ta’limda sifatni ta’minlash bо‘yicha (INQAHE) arab tarmog‘iga a’zo. CAA kо‘p yillar davomida uning sobiq direktori,  tashkilotning asoschisi bо‘lgan doktor Badr Abul-Ela tomonidan boshqarilgan bir qator komissiya a’zolariga ega. Institutlar CAA tomonidan belgilangan standartlarga rioya qilishlari kerak. Xatto masofaviy о‘qitishning о‘ziga xos standartlari mavjud bо‘lib, 2009 yildan boshlab kasb-hunar ta’limi va texnik ta’lim uchun ham maxsus standartlar yaratildi.  Litsenziyalash va akkreditatsiyadan о‘tkazish shakli tegishli tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etish va tegishli soha bо‘yicha  tajribali akademiklardan tuzilgan komissiyaning tashrif buyurishi orqali amalga oshiriladi.

dsmimarkaz; dsmimarkaz.uz

Standartlar talab va takliflarga kо‘ra ishlab chiqiladi. Standartlar majburiy singdirilmaydi, ular hamkorlikda о‘rganiladi.

Dubay BAAning erkin hududi hisoblanadi. Dubayda joylashgan barcha OTMlar chel-el OTMlarining filiallari bо‘lganligi sababli, ular CAA tomonidan tekshirilmaydi. Erkin hududda ishlaydigan kо‘plab muassasalar о‘z-о‘zini baholash shaklida litsenziya va akkreditatsiyadan о‘tadilar.  BAAning erkin hududidan tashqarida ishlaydigan federal bо‘lmagan barcha oliy о‘quv yurtlari faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega bо‘lishi va talabalar qabul qilinishidan oldin ularning akademik dasturlari akkreditatsiyadan о‘tgan bо‘lishi kerak. Hozirda federal (hukumat) muassasalarida diplom dasturlari ham akkreditatsiyadan о‘tishni boshladi.

CAAning Missiyasi shundan iboratki, u BAA Federal hukumatning Sifatni ta’minlash agentligi bо‘lib, BAAdagi turli oliy о‘quv yurtlarida ta’limni takomillashtirishga mas’uldir. О‘rta maxsus ta’lim muassasalarini litsenziyalash va individual dasturlarni akkreditatsiya qilish orqali CAA xalqaro standartlarga muvofiq yuqori sifatli ta’limni ta’minlashga intiladi. Shuni ham ta’kidlab о‘tish joizki, hatto CAA ni ham xorijdan nazoratchilar kelib nazoratdan о‘tkazadilar.

“Litsenziyalash nima?”- degan savolga tо‘xtaladigan bо‘lsak, BAAda litsenziyalash shuni anglatadiki, oliy о‘quv yurti maqsadga muvofiq bо‘lgan va boshqaruv tuzilmasi, qonun hujjatlari, nizomlar, tartib-qoidalar, jismoniy va moliyaviy resurslar, akademik dasturlar, о‘qituvchilar va boshqa xodimlar va о‘z vazifasini bajarish uchun yetarli sifatni ta’minlash choralariga ega bо‘lishi kerak. Litsenziyalash butun muassasa va uning barcha faoliyatiga tegishli. Litsenziyalanishi uchun muassasa barcha asosiy oliy ta’lim miqyosidagi faoliyatni qamrab oladigan о‘nta standart va ularning mezonlariga javob berishi kerak. Dastlab litsenziya yetti yilgacha beriladi, shundan sо‘ng litsenziya har 3,5 yilda yoki 7 yilda amalga oshirilishi kerak bо‘lgan litsenziyani yangilash uchun murojat qilinadi. Litsenziyalangan muassasa barcha hujjatlar va reklamalarda Vazirlik tomonidan litsenziyalangan maqomini aniqlashi va Komissiyaning har yili hisobot berish tо‘g‘risidagi talablariga javob berishi kerak. Litsenziyalangan muassasalar CAA veb-saytiga joylashtiriladi. Talabalar va ularning ota-onalari va barcha jamoatchilik bundan habardor etiladi.

“Akkreditatsiya nima?” degan savolga tо‘xtaladigan bо‘lsak: Akkreditatsiya qilingan dastur litsenziyaga ega tashkilot tomonidan taklif etiladi va vazirlikning о‘nta sifat kafolati talablariga javob beradi. Ushbu standartlar yuqori sifatli muassasalarni targ‘ib qilish va bо‘lajak talabalar, ularning oilalari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning litsenziyalangan muassasalar xalqaro amaliyot va professional qarashlarga mos keladigan sifat standartlariga javob berishiga qaratilgan.

Litsenziya olgandan keyingina, muassasa ushbu dasturni reklama qilishi va talabalarni rо‘yxatdan о‘tishi uchun olinishi kerak bо‘lgan akademik dasturni akkreditatsiya qilish uchun murojat qilishi mumkin.

Haqiqatdan ham, OTMlarning sifat darajasini ta’minlash, ularni xalqaro darajaga olib chiqish uchun akkreditatsiya muhim ahamiyatga ega. Ilm-fan rivojlangani sari aniqki, standartlarga ham о‘zgarishlar kiritib boriladi. Professor Rays Rovland Jonslar о‘z ma’ruzasini yakunlar ekan: “Men sizlarga bugun bir soat ichida qilgan ma’ruzam, о‘n yil davomida olib borilayotgan ishlar natijasidir”, – deb ta’kidlab о‘tdi.

Ushbu seminar Oliy ta’limni akkreditatsiyalash bо‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega bо‘lishga xizmat qiladi. Seminar yuqori saviyada va yangiliklarga boy tarzda olib borildi.  Kelajakda bunday seminar-treininglarni tez-tez  tashkil etilishi maqsadga muvofiq bо‘lardi. Yurtimizda bunday hamkorliklarni kо‘payishi  tez kunlarda О‘zbekistonda ham  xalqaro darajaga javob beradigan standartlarni ishlab chiqilishiga sabab bо‘ladi.

 

Aripova Gulnoza