О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti  huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq  markazida 2019 yil noyabr oyida tashkillashtirilgan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilingan hamda muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan tinglovchilar tomonidan о‘tkazilgan “Mahorat darslari” ning muhokamasiga bag‘ishlangan____-son yig‘ilish  

 

B A YO N N O M A S I

 

Toshkent shahri                                                   2019 yil “___” noyabr

 

Qatnashdilar: T.R.Fayziyev, T.B.Utepova, L.B.Yallayeva, markaz professor-о‘qituvchilari R.Xudoyberganov, M.Axmedov, G.Aripova, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari (guruhlar rо‘yxatida berilgan)  va mahorat darslarini olib borgan professor-о‘qituvchilar: D.Tashxodjayeva.

 

KUN TARTIBI:

1.О‘zDSMI huzuridagi Tarmoq markazi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining masofaviy onlayn ta’limi “Amaliy san’at”  yо‘nalishidan muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan D.Tashxodjayeva tomonidan “Amaliy san’at” yо‘nalishi tinglovchilari uchun  о‘tkazilgan “Mahorat darslari” ning muhokamasi.

ESHITILDI: yig‘ilishga raislik qiluvchi markaz direktori T.R.Fayziyev sо‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilarini mahorat darslarini olib borgan tinglovchilar hamda ular tomonidan olib borilgan mahorat darslarining mavzulari bilan tanishtirib о‘tdi.

 

Tinglovchining F.I.SH. Muqobil malaka oshirish shakli Mahorat darsi mavzusi
1. Yuldashev Ibroxim Tо‘ychiyevich    
2. Mustafayev  Shaxboz Shuxratovich    
3. Axmadaliyeva Dilfuza Fayzullaxanova    
4. Rizayev Hakimjan Ismoilovich    

 

О‘tkazilgan mahorat darslari mutaxassislik fanlaridagi dolzarb mavzulardan bо‘lib, tinglovchilar mavzu materiallarini reja asosida izchillik bilan bugungi kun talablari asosida bayon eta oldilar. Jumladan, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarining aniq belgilanganligi, mavzu bо‘yicha muammo yechimiga qaratilagan takliflarni ishlab chiqishda asosli tahlillar (meyoriy hujjatlar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, metodik yondashuvlar va b.) amalga oshirilgan. Ishlab chiqilgan takliflarning о‘quv jarayonini sifatini ta’minlash, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi darajasini aniq belgilangan.

Mavzuga oid kо‘plab yangi materiallar mashg‘ulot jarayonida mohirona qо‘llanildi. Amliy san’atning uzoq о‘tmish tarixi, shaxsiy mualliflik mahoratini yaratish borasida, materialshunoslar tomonidan qilinayotgan ishlarga batafsil tо‘xtaldi. Kulolchilik maktablari haqida gapirib о‘tar ekan jumladan “sirlash” san’ati mamalakatimizga 20 asrning 70-yillariga tо‘g‘ri kelgani va u birinchi bor Toshkent metropolitenida qо‘llangani haqida tо‘xtalib о‘tdi. Jumladan sirlashda ishlatiladigan materiallar ishqor, qо‘rg‘oshin, qalay kabi moddalar qо‘llanilinishi aytib о‘tildi.

 

Shuningdek tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi. Jumladan tinglovchi Mustafayev  Shaxboz Shuxratovich tomonidan berilgan “Qaysi materiallar amaliy san’atda qо‘llanildi?” savoliga qо‘yidagicha javob berildi: “Amaliy san’atda loy, qum va qurg‘oshin xom-ashyosidan keng qо‘llaniladi deya aniq javob berildi. Keyingi tinglovchi  Rizayev Hakimjan Ismoilovich tomonidan berilgan “Bilamizki islomda insonlarni rasmini chizish va yasash taqiqlangan о‘sha paytdagi yasalgan yoki chizilgan materiallar saqlaganmi” deya savol berdi. Bu savolga “Tо‘g‘ri о‘sha payda taqiqlangan lekin yashirincha chizilgan yoki yasalgan materiallar shu kungacha saqlanib qolgan” degan javob berildi. Yana bir ma’lumotga qiziqqan tinglovchi Yuldashev Ibroxim Tо‘ychiyevich tomonidan berilgan Xitoydagi sof chin materiali qanday olinadi deb berilgan savolga, Mahorat darsi о‘qituvchisi Dilorom Tashxodjayeva “Bu mahsulot 60% kaliy va qayta ishlov natijasida olinadi” deya javob berdilar.

Xulosa qilib aytganda mavzuni tinglovchilarga yetkazib berishdan о‘z oldiga qо‘ygan maqsadga erishildi. Tinglovchilarning kreativligi, nutq madaniyati, kasbiy kompetentlik darajasi yuqoriligi va ularning berilgan savollarga aniq javob berishi, mustaqil qarashlarining shakllanganligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi tо‘g‘risida о‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. О‘tkazilgan mahorat darslari muvaffaqiyatli bо‘lganligi inobatga olinsin hamda Tarmoq markaz huzuridagi Attestatsiya komissiyasiga axborot taqdim qilinsin.

SО‘ZGA CHIQDILAR: Bо‘lim boshlig‘i L.Yallayeva, professor R.Xudoyberganov,  tinglovchi SH.Mustafayev  sо‘zga chiqib о‘tkazilgan mahorat darslarida ijobiy kо‘rsatkichga erishganligini qо‘llab-quvvatladilar.

 

QAROR QILINDI:

  1. Tashxodjayeva tomonidan о‘tkazilgan Mahorat darsining yakunlari haqida yig‘ilish raisining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Tashxodjayevaning “Mahorat darsi”ni muvofaqqiyatli о‘tkazganligi haqidagi axborot Tarmoq markaz huzuridagi Attestatsiya komissiyasiga taqdim qilinsin.

 

Yig‘ilish raisi:                                                   T.R.Fayziyev

Yig‘ilish kotiba:                                                   M.R.Vaspidinova