О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti  huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq  markazida 2019 yil noyabr oyida tashkillashtirilgan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilingan hamda muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan tinglovchilar tomonidan о‘tkazilgan “Mahorat darslari” ning muhokamasiga bag‘ishlangan____-son yig‘ilish  

 

B A YO N N O M A S I

 

Toshkent shahri                                                   2019 yil “___” noyabr

 

Qatnashdilar: T.R.Fayziyev, T.B.Utepova, L.B.Yallayeva, markaz professor-о‘qituvchilari R.Xudoyberganov, M.Axmedov, G.Aripova, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari (guruhlar rо‘yxatida berilgan)  va mahorat darslarini olib borgan professor-о‘qituvchilar: M. Akmaljanova.

KUN TARTIBI:

1.О‘zDSMI huzuridagi Tarmoq markazi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining Dirijyorlik  yо‘nalishidan muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan M. Akmaljanova tomonidan Dirijyorlik   yо‘nalishi tinglovchilari uchun  о‘tkazilgan “Zamonaviy dirijyorlik sanoatining  rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi  “Mahorat darslari”ning muhokamasi.

ESHITILDI: yig‘ilishga raislik qiluvchi markaz direktori T.R.Fayziyev sо‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilarini mahorat darslarini olib borgan tinglovchilar hamda ular tomonidan olib borilgan mahorat darslarining mavzulari bilan tanishtirib о‘tdi.

 

Tinglovchining F.I.SH. Muqobil malaka oshirish shakli Mahorat darsi mavzusi
1. Radjabov Suxrob Sunnatovich    
2. Quvatov Ilyos Isroilovich    
3. Aripov Muzaffar Muxtarjanovich    
4. Zuparov Fotima Rixsiyevna  

 

О‘tkazilgan mahorat darslari mutaxassislik fanlaridagi dolzarb mavzulardan bо‘lib, tinglovchilar mavzu materiallarini reja asosida izchillik bilan bugungi kun talablari asosida bayon eta oldilar. Jumladan, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarining aniq belgilanganligi, mavzu bо‘yicha muammo yechimiga qaratilagan takliflarni ishlab chiqishda asosli tahlillar (meyoriy hujjatlar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, metodik yondashuvlar va b.) amalga oshirilgan. Ishlab chiqilgan takliflarning о‘quv jarayonini sifatini ta’minlash, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi darajasini aniq belgilangan. Mavzuga oid kо‘plab yangi materiallar mashg‘ulot jarayonida mohirona qо‘llanildi. Tinglovchilar dirijyorlik sohasining uzoq о‘tmishi, tarixiy manbalari, jumladan orkestr ijrosidagi partiturani ijro etishda 17-asrdan boshlab mashhur drijyor Veberning konsertmeyster boshqaruvi ya’ni orkestrga qarab drijyor boshqarishiga asos solinganligi ta’kidlab о‘tildi.

Shuningdek Manzura Akmaljonova tinglovchilarga xorijiy davlatlarga bо‘lib о‘tgan gastrol safarlarida mashhur drijyorlar bо‘lib о‘tgan suhbatlaridan mavzuga oid misollar keltirdi.

Mahorat darsi davomida tinglovchilardan Radjabov Suxrob Sunnatovich tomonidan berilgan quyidagi: Dirijyorlar tomonidan ishlatiladigan qо‘l tayoqchasini turlariqanday bо‘ladi deb savol berdi. Bu savolga mahorat darsi о‘tayotgan professor о‘qituvchi: Bu tayoqchaning turlari haqida ma’lumot berar ekan u drijyorning ishlash uslubiga qarab belgilanishini aytib о‘tdi. Yana tinglovchilardan biri Quvatov Ilyos Isroilovichning musiqiy interpuar ijro etiladigan xonaning yorug‘ligi va joylashuvining ahamiyati bormi? deya savol berdi. Bu savolga javob: Harakatlarni amalga oshirishda xonani joylashishi va yorug‘ligi muhim ahabiyat kasb etishini ta’kidlab о‘tdi mahorat darsi о‘qituvchisi Manzura Akmaljanova.  Keyingi tinglovchi Aripov Muzaffar Muxtarjanovich tomonidan berilgan savol: Dirijyorlarda pastanovkalar har-xil tarzda ijro etiladi, shularni yagonalashtirishni imkoniyati yо‘qmi? deya savol berdi. Bu savolga “Oliy о‘quv yurtlarida bu tizim yagonalashtirilgan, lekin talaba oliy ta’limni tugatgandan keyin bu qolipdan chiqib о‘zini uslubida ishlashni xohlaydi, bunday holatda siz aytgan ishni qilishni bо‘lmay qoladi deya javob berildi.

Umuman olganda mahorat darsi о‘tayotgan professor о‘qituvchi mavzuni tinglovchilarga yetkazib berishdan о‘z oldiga qо‘ygan maqsadga erishildi. Tinglovchilarning kreativligi, nutq madaniyati, kasbiy kompetentlik darajasi yuqoriligi va ularning berilgan savollarga aniq javob berishi, mustaqil qarashlarining shakllanganligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi tо‘g‘risida о‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. О‘tkazilgan mahorat darslari muvaffaqiyatli bо‘lganligi inobatga olinsin hamda Tarmoq markaz huzuridagi Attestatsiya komissiyasiga axborot taqdim qilinsin.

SО‘ZGA CHIQDILAR: Bо‘lim boshlig‘i L.Yallayeva, professor M.Axmedov,  tinglovchi S.Radjabov  sо‘zga chiqib о‘tkazilgan mahorat darslarida ijobiy kо‘rsatkichga erishganligini qо‘llab-quvvatladilar.

QAROR QILINDI:

  1. Akmaljanova tomonidan о‘tkazilgan Mahorat darsining yakunlari haqida yig‘ilish raisining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Akmaljanovaning “Mahorat darsi”ni muvofaqqiyatli о‘tkazganligi haqidagi axborot Tarmoq markaz huzuridagi Attestatsiya komissiyasiga taqdim qilinsin.

 

Yig‘ilish raisi:                                                   T.R.Fayziyev

Yig‘ilish kotiba:                                                   M.R.Vaspidinova