2019 yil 11 oktabr kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Fransiyaning Nays Sofiya Antipolis Universitetining falsafa fanlari doktori Silvayn Roy tashrif buyurdi. U   О‘zDSMI huzuridagi pedagog-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari va talabalar uchun Etno musiqa bо‘yicha Master-klass о‘tib berdi. Silvayn Roy Master-klassni Etno musiqa nazariyasi bо‘yicha boshladi. Chet el va о‘zbek musiqasidagi о‘xshashlik va farqlar haqida misollar bilan tushuntirdi. Tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Master-klass davomida Fransiyalik mehmon qashg‘ar rubobga qiziqishini va rubob bо‘yicha olib borgan tajriba va bilimlarini bо‘lishdi. Hayratlanarlisi shundaki, Silvayn rubob chalishni tinglab о‘rgangan ekan. Master-klass davomida u tinglovchilarga rubob chalib berdi. Fransiyaliklarning о‘zbek cholg‘u asboblariga bо‘lgan qiziqishi yurtimiz san’atining butun dunyoga tanilmoqda ekanligidan darak beradi.

Master-klassga oid fotosur’atlar

dsmimarkaz.uz

dsmimarkaz.uz

dsmimarkaz.uz

dsmimarkaz.uz

 

Xulosa qilib aytganda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda malaka oshirish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yorqin samarasi bizning Tarmoq markazda o’tgan “Master klass” va ko’plab uchrashuvlarda namoyon bo’lmoqda. Ajoyib ta’ssurotlarga boy bo’lga uchrashuv shuning bilan o’z nihoyasiga yetdi!

Yo’lchi Ro’ziyev